Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetining “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilari Toshkent viloyati IIBBda yangi tashkil etilgan Tezkor boshqaruv markazi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbir Maxsus fanlar sikli boshlig‘i, podpolkovnik A.S.Vaxidov va o‘qituvchi, podpolkovnik Z.N.Xojibekovlar tomonidan tashkillashtirildi.
Tinglovchilarga zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan majmuaga ko‘plab idora va tashkilotlarning elektron bazasi integratsiya qilinganligi, viloyatdagi turar va noturar joylardagi videokuzatuv kameralari ham ulanganligi, bu jamoat xavfsizligiga mas’ul kuch va vositalarni samarali boshqarish imkonini berayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tinglovchilar markaz xalqimiz osoyishtaligiga mas’ul idoralarning samarali hamkorligini ta’minlab, ma’lumotlarni yaxlit dasturda qayta ishlash, tezkor vaziyat va kriminogen holatlarni avtomatik tahlil qilish, muammolarni baholash orqali to‘g‘ri qarorlar qabul qilish imkonini berayotirligi to‘g‘risida to‘laqonli ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Institut Matbuot xizmati