Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Pasport tizimini ta’minlash” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilarga “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijga chiqishlarini rasmiylashtirish” mavzusida Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, podpolkovnik N. Meliqulov va IIV xuzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijga chiqishlarini rasmiylashtirish bo‘limi katta inspektori, podpolkovnik Muxabbat Axmedova bilan hamkorlikda binar mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijga chiqishlarini rasmiylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Institut Matbuot xizmati