Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Yo‘l patrul faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 1, 2 va 3-guruh tinglovchilarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan chambarchas bog‘lash maqsadida IIV Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikl o‘qituvchilari podpolkovnik B.SH.Yusupov, mayor J.M.Boboyorov, O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD YHXX Yo‘l-patrul xizmati faoliyatini tashkil etish boshqarmasi MTB inspektori podpolkovnik Farrux Maxmudov, Toshkent viloyati Olmaliq shahar IIB JXX YHXB boshlig‘i kapitan O‘tkir Ismoilov hamda Toshkent viloyati Olmaliq shahar IIB JXX YHXB YPX katta inspektori, kichik serjant Elyorbek Abdig‘aniyev ishtirokida “Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini takomillashtirish hamda yo‘llarda xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbat davomida yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar va islohotlar to‘g‘risida, og‘ir oqibatli yo‘l transport hodisalarini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yo‘l-patrul xizmati xodimlari faoliyatini baholash (KRI), yo‘l-patrul xizmati xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik holatlarida xodimning harakatlari, rasmiylashtiradigan hujjatlar, yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan sodir etilayotgan hamda ular ishtirokida ro‘y berayotgan salbiy holatlar mavzularida maʼlumotlar yetkazildi.
Tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollariga to‘liq javoblar berildi.
Institut Matbuot xizmati