Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 6-guruh tinglovchilarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan chambarchas bog‘lash maqsadida fakultet Maxsus fanlar sikli katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Z.N.Xojibekov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD JTSX bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik O‘tkir Nazarov ishtirokida “Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonalarga olib kelish va saqlash tartibi” mavzusidagi seminar mashg‘uloti binar tarzda o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga mavzuga oid ma’lumotlar yetkazildi.
Tinlovchilarni qiziqtirgan barcha savollariga to‘liq javoblar berildi.
Institut Matbuot xizmati