O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi professori, polkovnik Zokir Umarov va kafedra dotsenti, podpolkovnik Jasur Kenjaevlar Ichki ishlar vazirligi Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi pedagog-o‘qituvchilari, hamda markazda ta’lim olayotgan profilaktika inspektorlari, patrul-post xizmati inspektorlari hamda Qo‘riqlash departamenti xodimlari bilan joriy yilning 18 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘tkazilgan master-klass mashg‘uloti yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar xam berildi.
Institut Matbuot xizmati