Shu kunlarda mamlakatimizda "Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki" shiori ostida o‘tayotgan umumxalq xayriya hasharida IIV Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi va tinglovchilari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Bugun Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq shahrida joylashgan o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti xodimlari va tinglovchilari tomonidan hashar tashkil etildi.
Tadbir doirasida institut hududidagi obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi. Xususan, hududdagi daraxt va gul ko‘chatlari parvarishlandi, chiqindilar tozalandi, daraxtlar, devor va yo‘laklar oqlandi hamda umumiy sanitariya holati yaxshilandi..
Ushbu tashabbus Kasbiy tayyorgarlik fakulteti jamoasining jamoatchilik ishlaridagi faol ishtiroki va ekologik madaniyatni yuksaltirish borasidagi intilishlarini namoyon etadi.
Institut Matbuot xizmati