Ma’lumki, Davlatimiz mustaqilligining 34 yillik bayramini nishonlashga munosib tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda sanitariya-gigienik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 23-24 avgust kunlari "Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki" shiori ostida o‘tayotgan umumxalq xayriya hasharida IIV Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi va tinglovchilari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Institut xodimlari tomonidan hashar davomida atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi yumushlar bajarilmoqda. Institut binosi va unga tutash hududlar saranjom-sarishta holatga keltirilib, manzarali daraxtlar va gul ko‘chatlari parvarishiga alohida e’tibor qaratildi. Xizmat xonalari, auditoriyalar, ko‘p qavatli binolar va hovlilar atrofi, tinglovchilar yotoqxonasi, sport maydonlari tartibga keltirildi. Ariq-zovurlar tozalandi. Daraxtlar va yo‘laklar oqlandi.
Institut Matbuot xizmati