<

Yangilik haqida batafsil

Kelgusidagi xizmat faoliyatlariga zafarlar tilandi
Aug. 23, 2025

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar-tarmoq) boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun o‘quv kursi, hamda navbatdagi “podpolkovnik” va “mayor” maxsus unvonini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish, ofitserlik lavozimiga tayinlash uchun qayta tayyorlash, Qorovul qo‘shinlari xodimlarining kasbiy tayyorgarlik o‘quv kurslari yakunlanishi munosabati bilan bitiruv tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv kursida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar professor-o‘qituvchilar va sohaviy xizmatlarning tajribali amaliyot xodimlari tomonidan zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llagan holda interfaol usullarda davra suhbati, bahs-munozara, seminar-trening, amaliy mashg‘ulot shaklida olib borildi.

Mashg‘ulotlarda tinglovchilarning kasbiy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, jangovar-jismoniy, ruhiy, tibbiy tayyorgarligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar bilan muloqotlarda yuzaga keladigan nostandart vaziyatlar, muammoli holatlar yuzasidan Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan videolavhalar orqali mavzularga doir huquqiy yechim va tavsiyalar ko‘rsatildi.

Shuningdek, dam olish kunlari “Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi”, “Shahidlar hiyoboni”, “G‘alaba” va “Yangi O‘zbekiston”  bog‘lariga ekskursiyalar tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar sohani bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak insoniy va yetuk salohiyatga ega kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi e’tirof etdilar.

 

Institut Matbuot xizmati