Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari tomonidan 574-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining kichkintoy tarbiyalanuvchilari uchun sovg‘alar va shirinliklar ulashildi.
Tadbir davomida bolajonlarning tarbiyachilari quvonch bilan sovg‘alarni qabul qilib oldilar. Shu kabi tadbirlar farzandlarimizning bolalik dunyosiga shodlik va ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlashga xizmat qiladi.
Tadbirning asosiy maqsadi – bolalarga mehr-e’tibor ko‘rsatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bolajonlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Institut Matbuot xizmati