Sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal
his-tuyg‘ularni inʼom etadi. Musiqa cholg‘u asboblarining kuy-taronalari esa insonga yaxshi kayfiyat bag’ishlaydi.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida navbatdagi qayta tayyorlov o‘quv kursi tinglovchilari bilan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida konsert dasturi tashkil etildi.
Dasturdan ko’zlangan asosiy maqsad tinglovchilar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni san’atga bo’lgan muhabbatini oshirishdan iborat bo’ldi. Ayniqsa, xushovoz xonandalar tomonidan jonli ijro etilgan kuy-qo’shiqlar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.
Institut Matbuot xizmati