Yurtimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami arafasida mamlakatimizdagi ko‘plab hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, Vazirlikka biriktirilgan Sergeli tumanida joylashgan 322-sonli umumta’lim maktabida ham Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar IIBB hamkorligida hashar tarzida amaliy ishlar tashkil etildi.
Vazirlik Malaka oshirish instituti xodimlari va tinglovchilaridan iborat tashabbuskor guruh tomonidan maktab binolarini ta’mirlash, hovlini obodonlashtirish, yashil hududlarni barpo etish va atrof-muhitni tozalash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Bunday tadbirlar nafaqat ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilashga, balki yosh avlodda mehnatsevarlik va yurtga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.
Obodonchilik — umumxalq ishi. Bu kabi xayrixoh tashabbuslar yanada ko‘proq insonlarni ezgu ishlarga chorlab, mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Institut Matbuot xizmati