<

Yangilik haqida batafsil

Taʼlimda nazariya va amaliyotning uyg‘unligi – muhim masala
Aug. 22, 2025

           Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Jazoni ijro etish faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan  tinglovchilarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan chambarchas bog‘lash maqsadida fakultet Maxsus fanlar sikl o‘qituvchisi podpolkovnik F.S.Axmedov, IIV JIYED 1-Mintaqaviy hudud 14-son Jazoni ijro etish koloniyasi bo‘lim boshlig‘i, kapitan D.R.Jumaqulov, koloniya inspektori, mayor S.S.Abdisalimov hamda koloniya katta inspektori, katta serjant N.N. Munavvarovlar ishtirokida “Jazoni ijro etish muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

        Tadbirda tinglovchilarga jazoni ijro etish muassasalari faoliyatining asosiy yo‘nalishi – mahkumlarga tarbiyaviy taʼsir ko‘rsatish, ularni har xil to‘garaklardagi mashg‘ulotlarga keng jalb etish, suhbat va treninglar o‘tkazish orqali ularda qonunlarga hurmat va itoatkorlik, inson huquqlarini hurmat qilish tuyg‘usini uyg‘otish lozimligi tushuntirildi.

           Shuningdek, jazoni ijro etish tizimida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni qonuniy huquq va erkinliklarini taʼminlash, ularni axloqan tarbiyalash, to‘g‘ri hayotga qaytarish, sodir etgan jinoyati uchun chin ko‘ngildan pushaymonlik hissini uyg‘otish, kasbga o‘rgatish, o‘qitishga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi taʼkinlandi.

            Tinlovchilarning qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar berildi.

      Institut Matbuot xizmati