Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Pasport tizimini taʼminlash” yo‘nalishi bo‘yicha taʼlim olayotgan tinglovchilarga “Fuqarolik masalalarini ko‘rib chiqish” mavzusida Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, podpolkovnik N. Meliqulov va IIV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti fuqarolik masalalarini ko‘rib chiqish bulimi katta inspektori, kapitan S. Pardaboyev bilan hamkorlikda binar mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda tinglovchilarga fuqarolik qonunchiligi, fuqarolik huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha maʼlumotlar berildi.
Mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad fuqarolik masalalari bo‘yicha bilimlarni oshirishdan iborat.
Institut Matbuot xizmati