Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “1-sentyabr – Mustaqillik kuni” munosabati bilan tinglovchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni yana-da oshirish maqsadida armwrestling musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa 6 ta vazn toifasida o‘tkazilib, unda tinglovchilar yuqori faollik va raqobatbardoshlikni namoyon etdilar. Qatnashchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti yaratildi va g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.
Bu kabi musobaqalar tinglovchilarning jismoniy holatini mustahkamlash, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Institut Matbuot xizmati