Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetining yo‘l-patrul faoliyati ixtisosligi bo‘yicha taʼlim olayotgan tinglovchilari Toshkent viloyati IIBBda yangi tashkil etilgan Tezkor boshqaruv markazi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbir Maxsus fanlar sikli boshlig‘i, podpolkovnik A.S.Vaxidov va o‘qituvchi, podpolkovnik B.Sh.Yusupovlar tomonidan tashkillashtirildi.
Tanishtiruv jarayonida tinglovchilarga markazdagi navbatchilik qismi, 102 tizimi va markaz faoliyati, yangi majmuaning keng imkoniyatlari hamda jinoyatchilikni oldini olishdagi vazifalari haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, tinglovchilar ichki ishlar organlarida olib borilayotgan raqamlashtirish ishlari, jamoat tartibini saqlashda yo‘l-patrul hamda boshqa sohaviy xizmatlari faoliyatini Tezkor boshqaruv markazi tomonidan kundalik va boshqa davrlarda kuch-vositalarni boshqarish bilan bog‘liq jarayonlar hamda o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida to‘laqonli maʼlumotga ega bo‘ldilar.
Institut Matbuot xizmati