O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 5-oktabr kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkil etish, malaka toifasi hamda reyting baholash tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida” buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Malaka oshirish instituti xodimlari bilan Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotning maqsadi - shaxsiy tarkibning qurol bilan ishlash mahoratini oshirish, uning tuzilishi va foydalanish qoidalarini yaxshiroq o‘zlashtirish hamda favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish qobiliyatini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot jarayonida qurollarni to‘g‘ri va tez ajratish hamda yig‘ish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar o‘rgatildi. Xavfsizlik texnikasiga qatʼiy rioya qilish tushuntirildi. Har bir xodimga individual yondashuv asosida tavsiyalar berildi.
Bunday mashg‘ulotlar kelgusida ham davom ettirilib, xodimlarning jangovar tayyorgarligi muntazam ravishda mustahkamlab boriladi.
Institut Matbuot xizmati