Toshkent shahar Bektemir tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Zoxidjon To‘rakulov hamda IIV Malaka oshirish instituti kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari, dotsent Islom Axmedov ishtirokida “mayor” maxsus unvonini berish uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilari bilan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda Ichki ishlar organlarining tashkiliy va huquqiy asoslari” mavzusida binar shaklida maʼruza mashg‘uloti o‘tkazildi.
Bu maʼruzada murojaatlarni ko‘rib chiqishning tashkiliy va huquqiy jihatlari, shuningdek, ichki ishlar organlarining murojaatlar bilan ishlash tartibi muhokama qilindi.
Ushbu mashg‘ulotning asosiy maqsadi ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik va samaradorlikni taʼminlashdan iborat.
Mashg‘ulot yakunida, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
Institut Matbuot xizmati