Ichki ishlar organlarining hududiy va tarkibiy tizimlaridan navbatdagi maxsus unvon olish uchun malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari institut professor-o‘qituvchilari hamda vazirlik sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda zamon talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida aloqa va axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda interfaol usullarda olib borilmoqda. Jumladan, institut maxsus kasbiy fanlar kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Jasur Kenjayev tomonidan “Korrupsiyani oldini olishda ichki ishlar organlari faoliyatining o‘ziga xosligi” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda korrupsiya – siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat bo‘lib, mansabdor shaxslar o‘zlariga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boyish maqsadida foydalanishidan iborat ekanligi, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va ushbu turdagi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga katta e’tibor qaratilayotganligi, bu borada zaruriy chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Institut Matbuot xizmati