Osiyo, Xalqaro va Respublikamiz miqyosida o‘tkazib kelinayotgan turli sport musobaqalarida institutimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari Shoxista Xonto‘rayeva, Akrom Dusimbayev, Xusniddin Mamajonov va To‘lqin Tuyevlar Malaka oshirish instituti boshlig‘ining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Sport vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Shoxista Xonto‘rayevaga Sambo sport turi bo‘yicha “Xalqaro toifadagi sport ustasi” unvoni berildi.
Sportchilarimizning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Institut Matbuot xizmati