Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Pasport tizimini ta’minlash” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilarga “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelish-ketish tartibi va tranzit o‘tish qoidalari” mavzusida Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, podpolkovnik N. Meliqulov va Toshkent viloyati Olmaliq shahar IIB M va FRB katta inspektori, katta serjant Y. Dehqonov bilan hamkorlikda binar mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda tinglovchilarga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelish-ketish tartibi va tranzit o‘tish qoidalari, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri tashkil qilish yo‘llari tushuntirildi.
Institut Matbuot xizmati