Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tinglovchilarning huquqiy bilimlarini oshirish, qonunchilik hujjatlaridagi o‘zgartirishlar, normativ-huquqiy hujjatlarning shakli hamda ularni rasmiylashtirish tartib borasidagi malakasini shakllantirish maqsadida fakultativ mashg‘ulotlar tashkil qilindi.
Mashg‘ulotlar Institut Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi malakali o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda. Jumladan, kafedra professori, polkovnik Zokir Umarov tomonidan tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun navbatdagi o‘quv kursi tinglovchilari bilan “O‘zbekistonda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish:Gender va yoshlar masalalari” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Fakultativ mashg‘ulotda interfaol metodlardan foydalangan holda tinglovchilarning mavzuga oid bilim va ko‘nikmalari shakllantirildi.
Tinglovchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
Institut Matbuot xizmati