Avval xabar qilganimizdek, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tinglovchilari bilan vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan “Xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash — asosiy vazifamiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi profilaktik tadbir safdor va serjant xodimlarni ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlov bo‘yicha navbatdagi o‘quv kursi tinglovchilari bilan o‘tkazildi.
Tadbir davomida ta’magirlik, poraxo‘rlik, xizmat vazifasini suiste’mol qilish bilan bog‘liq illatlarga yo‘l qo‘ymaslik, bunday holatlar yuz berganda ko‘rilajak choralar haqida ma’lumot berildi. Nopok xodimlar xizmat burchiga va qasamyodiga xoinlik qilib, vakolatiga kirmaydigan ishlarga qo‘l urayotgani oz bo‘lsa-da, hamon uchrab turgani ta’kidlandi.
Shundan so‘ng “Nafsning so‘nggi manzili” filmi namoyish etildi.
Tinglovchilar tomonidan qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Institut Matbuot xizmati