Jismoniy va kasbiy mahoratini oshirish, intizom va safarbarlik holatini mustahkamlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti xodimlari bilan navbatdagi saf tayyorgarligi mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida xodimlarning bir xil saf harakatlarini bajarish, buyruqlarni aniq va tezkor qabul qilish hamda jamoaviy harakatlarni muvofiqlashtirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Tadbir yakunida mas’ullar tomonidan xodimlarning tayyorgarlik darajasi tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Institut Matbuot xizmati