<

Yangilik haqida batafsil

Xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash — davr talabi
Aug. 7, 2025

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti  tinglovchilari bilan vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan “Xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash — asosiy vazifamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, ularni Vatanga, kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash, o‘qitish, malakasini oshirish, kasbiy hamda jangovar tayyorgarligini yuksaltirish borasida bir qator tegishli ishlar amalga oshirilayotganligi e’tirof etildi.

Xizmat intizomi, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniylikka amal qilishi, xizmatda va kundalik hayotda odob-axloq qoidalariga rioya etishi, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada bo‘lish lozimligi tushuntirildi.

Shuningdek, ta’magirlik, poraxo‘rlik, xizmat vazifasini suiste’mol qilish bilan bog‘liq illatlarga yo‘l qo‘ymaslik, bunday holatlar yuz berganda ko‘rilajak choralar haqida ma’lumot berildi. Nopok xodimlar xizmat burchiga va qasamyodiga xoinlik qilib, vakolatiga kirmaydigan ishlarga qo‘l urayotgani oz bo‘lsa-da, hamon uchrab turgani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng “Nafsning so‘nggi manzili” filmi namoyish etildi.

Tinglovchilar tomonidan qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

     Institut Matbuot xizmati