Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetida mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilar Toshkent shahar IIBB sohaviy xizmatlari Patrul-post xizmati, Yo‘l-patrul xizmati, Pasport tizimini ta’minlash, Maxsus operasiyalarni amalga oshirish xizmati va Jazoni ijro etish xizmatida malakaviy amaliyot o‘tashga kirishdi. Barcha sohaviy yo‘nalishlarda malakaviy amaliyot oldi yo‘riqnomalar o‘tkazilib, tinglovchilarga ko‘p yillik amaliy tajribaga ega bo‘lgan xodimlar biriktirildi.
Amaliyotni o‘tkazishdan maqsad tinglovchilar tomonidan egallagan nazariy bilimlarni mustahkamlash va xizmat faoliyati davomida uchraydigan turli xil vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.