O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi tomonidan imzolangan muzokaralar bayoniga muvofiq Koreya milliy politsiya agentligining tegishli mutaxassislari IIV Malaka oshirish institutiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i O.T.Axmedov, vazirlikning tegishli mutaxassislari va institut rahbariyati ishtirok etdi.
Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda muzokaralar bayonida belgilangan vazifalarni ijrosi, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish, loyihaning bosh rejasini har tomonlama mukammal ishlab chiqish hamda virtual haqiqat (VR) tizimini joriy etish yuzasidan fikrlar almashildi va muhokama etildi.
Tomonlar rejalashtirilgan tadbirlarning samarali amalga oshirilishida barcha imkoniyatlarni ishga solinishi, shuningdek o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
Institut Xalqaro hamkorlik guruhi