Avval xabar berganimizdek, Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasida Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA)ning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida IIV va Malaka oshirish instituti xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv kursi davom etmoqda.
Trening dasturiga muvofiq, xodimlar markaziy boshqaruv xizmati (“112” tizimi) faoliyati hamda jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni markazlashgan tarzda qabul qilish va voqea joyiga politsiya xodimlarining kuch va vositalarini chiqarish amaliyoti bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Shuningdek, dron uchirish va parvoz stimulyator amaliyoti borasidagi tajribalari ham o‘rganilmoqda.
Institut Matbuot xizmati