<

Yangilik haqida batafsil

“Ichki ishlar organlarining fuqarolarni ekologik huquqlarini taʼminlashda davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligi”
June 30, 2025

     O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida O‘zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda «Ichki ishlar organlarining fuqarolarni ekologik huquqlarini taʼminlashda davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligi» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

     Konferensiyaning asosiy maqsadi – O‘zbekiston fuqarolarini ekologik huquqlarini taʼminlashda ichki ishlar organlarining boshqa davlat va nodavlat idoralari bilan hamkorligi nazariy va amaliy jihatlarini yoritib berish, mavjud muammolar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, eng asosiysi fuqarorlarimizni ekologik huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida bilimlar berishdan iborat.

      Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar  vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent Davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent xalqaro universiteti, IIV Malaka oshirish instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

      Ilmiy-amaliy anjuman avvalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i v.v.b, polkovnik Rasulev Ulug‘bek Erkinovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.

      Konferensiyada so‘z olganlar konstitutsiyada fuqarolarning ekologik huquqlari, ularni ichki ishlar organlari tomonidan taʼminlanishi, shuningdek ekologik huquqlarini taʼminlashda ichki ishlar organlarining boshqa davlat va notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi haqida fikr-mulohazalar bildirdi.

Institut Matbuot xizmati