O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti “Axborot texnologiyalari” sikli tomonidan 2025-yil 26-iyun kuni “Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning dolzarb muammolari va еchimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, School 21 raqamli texnologiyalar maktabi,
CYBER BRO kiberxavfsizlik kompaniyasi rahbarlari, professor-o‘qituvchilari, еtakchi mutaxassislari hamda Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmat xodimlari ishtirok etishdi.
Konferensiyada ma’ruzachilar O‘zbekiston Respublikasidagi ko‘p uchrayotgan kibertahdidlar, kiberjinoyatlar turlari, yoshlarning raqamli xavfsizligi, Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasida kadrlar tayyorlash, insayder tahdidlar va darknetda kiberjinoyatchilarni aniqlashning zamonaviy еchimlari kabi mavzularni еtkazishdi.
Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari tomonidan dolzarb muammolar muhokama qilinib, ushbu muammolarga takliflar bildirildi.
Konferensiya so‘ngida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik U.E.Rasulev ishtirokchilarga sertifikatlarni topshirib, o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.
Institut Matbuot xizmati