2025 yil 24-25 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida “Zo‘ravon ekstremizmning oldini olish: gender va yoshlar masalasi” mavzusida o‘quv modulini taqdimoti bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminar Germaniya Federativ Respublikasining zo‘ravon ekstremizmning oldini olish bo‘yicha maslahatchisi Manuela Leonxardt tomonidan olib borildi.
Unda “Zo‘ravon ekstremizmning oldini olish: gender va yoshlar masalasi” mavzusida o‘quv modulining dolzarbligi, moduldagi asosiy tushunchalar va ta’riflar mazmuni bo‘yicha ma’lumot, zo‘ravon ekstremizmning birlamchi sabablari va harakatga keltiruvchi omillar, radikallashtiruv va radikalsizlashtiruv jarayonlari, gender va zo‘ravon ekstremizm, yoshlar va zo‘ravon ekstremizm, gender va yoshlar bilan bog‘liq masalalarga urg‘u bergan holda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish bo‘yicha xalqaro yondashuvlar, chidamlilik va quvvatlantirish hamda modulni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Institut Xalqaro hamkorlik bo‘limi