<

Yangilik haqida batafsil

Yoshlarning raqamli davrdagi ijtimoiy va ruhiy farovonligi
June 26, 2025

     O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida inspektor-psixologlar bilan “Yoshlar raqamli davrda: ijtimoiy va ruhiy farovonlik masalalari” mavzusida maʼruza mashg‘uloti tashkil etildi.

    Mazkur mashg‘ulot JSSTning Ruhiy salomatlik bo‘yicha Pan-Yevropa koalitsiyasining milliy koordinatori, sotsiologiya fanlari doktori Tashmuxamedova Diloram Gafurdjanovna va Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Aslonova Laylo Olimovnalar tomonidan o‘tkazilib, unda raqamli texnologiyalar tez surʼatlarda rivojlanayotgan hozirgi davrda yoshlarning psixik barqarorligini taʼminlash, ularning ijtimoiy muhitda munosib o‘rin egallashi va turli salbiy taʼsirlarga qarshi psixologik bardoshini mustahkamlash masalalari atroflicha maʼlumotlar berildi.

     Tadbirda, shuningdek, raqamli platformalardagi faollikning yoshlar ruhiyatiga taʼsiri, internet xavfsizligi, kiberjinoyatchilik va virtual muhitdagi tahdidlarga qarshi profilaktik choralar haqida fikr almashildi. Inspektor-psixologlarga bu boradagi ilg‘or usullar va samarali yondashuvlar tavsiya etildi.

        Maʼruza mashg‘uloti maqsadi psixologik xizmat xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, yoshlar bilan samarali ishlashda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

                                                                                              Institut Matbuot xizmati