Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasida Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA)ning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida IIV Malaka oshirish institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari Koreya milliy politsiya tizimida kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganib qaytishdi.
Institutning mazkur professor-o‘qituvchilari tomonidan Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari bilan Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasining faoliyati, o‘quv jarayonlari, kadrlash tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi chora-tadbirlariga bag‘ishlangan dastlabki trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur trening mashg‘ulotida Koreya Markaziy Politsiya Akademiyasidagi o‘quv amaliyotlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Institut Matbuot xizmati