Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar-tarmoq) Ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun o‘quv kurslari hamda Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “mayor”, “katta serjant” maxsus unvonlarini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kursi yakunlandi.
O‘quv kursi yakunida o‘tkazilgan sinov va imtihonlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tinglovchilar bugungi sertifikat katta mas’uliyat yuklashini ta’kidlab, o‘quv kursi davomida o‘rganganlari xizmat faoliyatini tashkil etishda o‘z samarasini berishini ta’kidladilar.
Institut Matbuot xizmati