2025-yil 9-20-iyun kunlari Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA)ning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida IIV va Malaka oshirish instituti xodimlari amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo‘ldilar.
Tashrif dasturiga asosan delegatsiya a’zolari tomonidan Koreyada jinoyatchilikni oldini olish, ularga qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida politsiya xizmatining tajribasi, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini o‘rganish hamda hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif davomida kelgusida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishda o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Institut Matbuot xizmati