Ichki ishlar vazirligi rahbariyati huzurida Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tomonidan joriy yilning 5 oyida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Ushbu yigʻilishda ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tomonidan mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatni jilovlash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtkazilib, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hududiy ichki ishlar organlari masʼullarining faoliyatiga baho berildi.
Yigʻilish yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati