O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yana-da oshirish maqsadida sayyor o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari olib borildi.
Sayyor o‘quv yig‘inlariga Ichki ishlar vazirligi tegishli sohaviy xizmatlarining malakali mutaxassislari, Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari jalb etilib, mashg‘ulotlar davomida asosiy eʼtibor migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish hamda xodimlarning xizmat davomida fuqarolar bilan muomala madaniyatini yana-da yuksaltirishga qaratildi.
O‘quv yig‘ini yakuni bo‘yicha xodimlardan sinovlar qabul qilinib, muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Institut Matbuot xizmati