Ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, xodim va tinglovchilarni kitobxonlikka jalb etish hamda intellektual saviyasini oshirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Yarmarkada turli mavzulardagi badiiy, ilmiy-ommaviy, kasbiy rivojlanishga oid hamda shaxsiy taraqqiyot bo‘yicha kitoblar taqdim etildi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni xarid qilish, ayrimlari bilan tanishish va o‘zaro kitob sovg‘a qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida kitobxonlik madaniyati haqida suhbatlar ham tashkil etildi. Xodimlar bunday tashabbus ruhiy barqarorlikka ijobiy ta’sir qilishini ta’kidlab o‘tdilar.
Institut Matbuot xizmati