Yangilik haqida batafsil

Inspektor-psixologlar bilim va malaka oshirmoqda
June 11, 2025

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining voyaga еtmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 18- martdagi PQ–110-son qaroriga hamda Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga muvofiq, Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan voyaga еtmaganlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixologlarning ta’lim-tarbiya sohasiga oid nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, shuningdek, kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida amaliy o‘quv yig‘inlari tashkil etildi.

    Ushbu o‘quv yig‘inlari davomida inspektor-psixologlar ta’lim-tarbiya jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar, bolalar va o‘smirlar psixologiyasining o‘ziga xos jihatlari, huquqbuzarlikning oldini olish, profilaktik ishlarni samarali tashkil etish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtiradilar.

    Shu bilan birga, mashg‘ulotlarda amaliy keyslar asosida treninglar, psixologik testlar o‘tkazilib, inspektorlarning muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

     Mazkur tadbir ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan psixolog kadrlarning professional salohiyatini oshirish, voyaga еtmaganlar bilan ishlashda yangi usul va yondashuvlarni qo‘llash orqali profilaktika ishlarining samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Institut Matbuot xizmati