2025-yil 29–31-may va 1-iyun kunlari Toshkent shahri Olmazor tumanidagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida MSITF-2025 – Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati hamda еngil sanoat (tekstil) sohalarida ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar namoyish etildi. Festivalda ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, yirik korxonalar, jismoniy shaxslar hamda ixtirochilar o‘z innovatsion ishlanmalari va mahsulotlarini taqdim etdilar.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hududida bolalar uchun ko‘rgazmali namoyishlar, mahorat darslari, ko‘ngilochar dasturlar hamda turli sport musobaqalari tashkil etildi. Tadbir bolajonlar kayfiyatini ko‘tarish va ularning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.
Festivalda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti hamda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik va normativ hujjatlarni birgalikda ishlab chiqish, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, innovatsion va texnologik g‘oyalarni rivojlantirish, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish nalishlarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Institut Matbuot xizmati