1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari tomonidan 574-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining kichkintoy tarbiyalanuvchilari uchun maxsus sovg‘alar ulashildi.
Tadbir davomida bolajonlar quvonch va xursandchilik ila sovg‘alarni qabul qilib olishdi. Shu kabi tadbirlar farzandlarimizning bolalik dunyosiga shodlik va ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlashga xizmat qiladi.
Tadbirning asosiy maqsadi – bolalarga mehr-e’tibor ko‘rsatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, kelajagimiz egalari bo‘lgan farzandlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Institut Matbuot xizmati