Bugun Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi va bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, keng jamoatchilik vakillari hamda tinglovchilarning yaqinlari ishtirok etdi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng, tinglovchilar Vatanga, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishga, qonunlarga rioya etgan holda o‘z xizmat burchini sidqidildan bajarishga tantanali ravishda qasamyod qabul qildilar.
Tadbir davomida institut rahbariyati tomonidan tinglovchilarga o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagani uchun sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, bitiruvchilarga kelgusi xizmat faoliyatlarida omad, mas’uliyat va halollik yor bo‘lishi tilandi.
Mazkur tadbir yosh xodimlarda Vatanga xizmat qilishdek sharafli va mas’uliyatli burchni chuqur anglash hissini yanada mustahkamladi
Maftuna Uzoqova,
O‘zDJTU talabasi,
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot
xizmati amaliyotchisi