Yangilik haqida batafsil

“Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish: real holat va istiqbolli rejalar”
May 30, 2025

         O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish: real holat va istiqbolli rejalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

     Tadbirda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, institut professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda tegishli soha ekspertlari ishtirok etdi.

        Konferensiyaning asosiy maqsadi – ichki ishlar organlari xodimlarini zamon talablari asosida tayyorlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda bu boradagi muammolarni aniqlab, ularni hal etish yo‘llarini muhokama qilishdan iborat.

       Tadbir davomida Ichki ishlar tizimida malaka oshirish va qayta tayyorlashning hozirgi holati va istiqbollari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi va tajriba almashildi.

       Konferensiya yakunida ilg‘or tajribalarni umumlashtirish, ta’lim sifatini oshirish va institutsional rivojlanish yo‘nalishlarida aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.

      Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya ichki ishlar tizimidagi kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash va zamonaviy, professional xodimlar safini kengaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Maftuna Uzoqova,  

O‘zDJTU talabasi,

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot

xizmati amaliyotchisi