Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarining “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha sayyor o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari innovatsion pedagogik texnologiya, interfaol metod va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘tkazilmoqda. Nostandart vaziyatlar, muammoli holatlar yuzasidan Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan videolavhalar orqali mavzularga doir huquqiy еchimlar tushuntirilib borilmoqda.
Shuningdek, amaliy o‘quv jarayonlarida tinglovchilarga huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs bilan xodim o‘rtasidagi situatsion muammoli vaziyatlar bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlar berilmoqda. Jumladan, sahnalashtirilgan situatsion muammoli vaziyatlarda tinglovchilarning o‘zlari ishtirok etib, holatlardagi kamchiliklar muhokama qilinib, huquqiy baho berilyapti.
Mashg‘ulotlar davomida modul tinglovchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan tegishli javob va maslahatlar olmoqdalar.
Institut Matbuot xizmati