Harbiy estafeta

23.05.2025 77 marta ko'rilgan

       Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish, ularni jangovar salohiyatini oshirish maqsadida  Harbiy estafeta bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

       Sportning shaxmat-shashka, Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatini to‘liqsiz qismlarga ajratish hamda qayta yig‘ish bo‘yicha tinglovchilar o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan baxslarda eng kuchlilar aniqlandi. Estafeta g‘oliblari munosib taqdirlandilar.

          Sport musobaqalari tinglovchilarda ham katta qiziqish uyg‘otdi.

 

Institut Matbuot xizmati