O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi orasida beg‘araz donorlik faoliyatini tashkil etish, qon preparatlari zahirasini yangilab borilishiga hissa qo‘shish, xodimlarning o‘zaro yordam, mehribonlik va rahimdillik ruhida tarbiyalash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi respublika qon quyish Markazining donorlik sayyor guruhi taklif etildi. Ushbu beg‘araz donorlik tadbirida ishtirok etishni hohlovchi xodimlar belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilganidan so‘ng, qon topshirishga qarshi ko‘rsatmalar aniqlanmagan xodimlardan qon olindi.
Tadbirda Bektemir o‘quv bazasida 50 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etishdi.
Institut Matbuot xizmati