Zotdor itlarning xalqaro ko‘rgazmasi

21.05.2025 75 marta ko'rilgan

         Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va “HAPPY ANIMALS” MChJ hamkorligida institut saf maydonida barcha turdagi zotdor itlarning “Vesenniy blyuz – 2025” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

     Unda xalqaro toifadagi ekspertlar guruhi ishtirok etdi. Ko‘rgazmada Toshkent shahar IIBB Kinologiya xizmati, Jamoat xavfsizligi universiteti pitomnigi tomonidan taqdim etilgan nemis ovcharkasi, malinua, Sharqiy Yevropa ovcharkasi zotlariga mansub xizmat itlari faxrli 1-o‘rinni egalladi.

        WSHSA tizimida 7 ta tur bo‘yicha 100 dan ortiq zotdor itlar orasida g‘oliblarga medal, kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 

                                               Institut matbuot xizmati