Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda malaka oshirish uchun kelgan ofitserlar tarkibidagi tinglovchilar ishtirokida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda joriy yilning 18-may kuni Ichki ishlar vaziri general-mayor A.A.Tashpulatov huzurida shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylik holatlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan ko‘rsatma va topshiriqlarni yig‘ilish ishtirokchilariga Institut boshlig‘i, polkovnik O.T. Axmedov yetkazdi.
Shu bilan birga, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda qonunchilikdagi o‘zgarish va yangiliklardan ularni o‘z vaqtida xabardor qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Tadbir yakunida xodimlarning xizmat sifatini yanada oshirish, ijrochilik intizomi, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etish bo‘yicha tegishli vazifalar berildi.
Xizmat intizomini mustahkamlash yo‘nalishidagi ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.
Institut Matbuot xizmati