Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti qoshida tashkil etilgan ixtisoslashgan Ilmiy kengashda ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Kenjayev Jasur Omon o‘g‘li, IIV Jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Nasimov Ozod Botir o‘g‘li, Vazirlik “O‘zbekiston” sanatoriyasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Babayev Tolibjon Abdujalilovich siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi hamda KTF jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi Akrambayev Hasan Mamadjonovichni “dotsent” ilmiy unvonini olganligi munosabat bilan institut jamoasi tabriklaydi va kelgusi ilmiy-tadqiqot ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamda zafarlar tilaydi.
Institut matbuot xizmati