<

Yangilik haqida batafsil

Davlatimiz rahbari tomonidan Taʼlim sohasidagi belgilangan vazifalar xodimlarga yetkazildi
May 20, 2025

         Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat soatida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdullayev Baxrom Ismoilovich ishtirok etib, Institut professor-o‘qituvchilari hamda Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun zaxiraga olinganlar hamda Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karyera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “podpolkovnik” maxsus unvonini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

         Uchrashuvda, B.I.Abdullayev tomonidan hozirgi kunda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda Davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalar va talablarni institut professor-o‘qituvchilariga hamda tinglovchilarga yetkazdi.

         Shundan so‘ng, B.I.Abdullayev tomonidan IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i t.f.n., dotsent polkovnik Axmedov Olimjon Tursunbayevichga O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan “professor” ilmiy unvoni diplomi topshirildi.  

       Uchrashuv davomida xodim va tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil maʼlumotlar berildi. Mehmon Ichki ishlar organlari xodimlarini kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

Institut matbuot xizmati