Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq shahridagi o‘quv bazasida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Tadbirda TDTU Olmaliq filiali hamda Olmaliq Kon metallurgiya texnikumi talabalari uchun Kasbiy tayyorgarlik fakultetning ta’lim jarayonlari, o‘quv dasturlari, amaliy mashg‘ulotlari va tinglovchilarning kasbiy ko‘nikmalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
Tadbir davomida mehmonlar fakultet professor-o‘qituvchilari, tinglovchilar bilan uchrashdilar. Ularga fakultetning ta’lim va tarbiya sohasidagi yutuqlari, zamonaviy o‘quv jihozlari, trenajyorlar va amaliy mashg‘ulot xonalari namoyish etildi.
Shuningdek, tadbirda turli tematik master-klasslar, amaliy ko‘rgazmalar va savol-javoblar sessiyalari tashkil etildi. Mehmonlar kasbiy tayyorgarlik jarayonlari, huquq-tartibot organlariga kadrlar tayyorlash jarayoni haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Institut Matbuot xizmati